» » Amerikalik bloger Tesla Cyberquad elektro-kvadroksiklining aniq nusxasini yaratdi (video)

Amerikalik bloger Tesla Cyberquad elektro-kvadroksiklining aniq nusxasini yaratdi (video)


YouTube’dagi Rich Rebuilds niki ostida faoliyat yurituvchi videobloger Tesla elektromobillarining turli modifikatsiyalari bilan anchadan buyon shug‘ullanib keladi. Yaqinda u o‘z tajribalaridan foydalangan holda to‘liq elektr Cyberquad kvadrosiklini yaratishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Tesla 2019-yilda shu turdagi apparatini taqdim etgandi. Biroq hozircha Cyberquad elektro-kvadrosikli seriyali ravishda ishlab chiqarilmagan, Richining nusxasi ushbu g‘oya asosida yaratilgan.

Tesla Cyberquad taqdimotida ishlab chiqaruvchi o‘z appratini Yamaha Raptor 700R bazasida yaratganidan xabardor bloger o‘z loyihasi uchun Facebook Marketplace orqali minilgan Raptor sotib olgan.

Keyingi qadam esa unga mos keladigan elektrodvigatel va batareya akkumulyatorini qidirish bo‘lgan. Buning uchun donor sifatida 3000 dollarga elektromototsikl topilgan. Undagi dvigatel va akkumulyator batareyalari Raptor’ga o‘rnatilgan.

Biroq katta akkumulyator batareyasi va kuchli elektrodvigatelni seriyali kvadrosiklga moslashtirish oson kechmagan. Shu sababli akkumulyatorni dvigatel o‘rniga, elektrodvigatelni esa orqa “podveska” richagiga o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan.

Shundan so‘ng kvadrosikl to‘liq Cybertruck uslubida o‘tkir burchakli alyuminiy panellari bilan jihozlangan. Natijada 96 kilometr soat tezlikka 3,9 soniyada erisha oladigan samarali va dinamik kvadrosikl modeli paydo bo‘lgan. Qurilmaning maksimal tezligi 164 km/soatga yetadi.

Avvalroq amerikalik bloger Tesla Cybertruck chindan ham o‘q o‘tkazmasligini sinab ko‘rgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют