» » Hashamatli uylar, brilliant hamda qimmatbaho avtomobillar: Sayyoraning eng badavlat reperlari qanday yashaydi?

Hashamatli uylar, brilliant hamda qimmatbaho avtomobillar: Sayyoraning eng badavlat reperlari qanday yashaydi?


G‘arbda xip-xop ijrochilari millionб hatto milliardlab daromad egasi hisoblanadi. Ijodi va shaxsiy biznesi ortidan badavlat bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan reperlar kimlar ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.

Kanye Uest

Uzoq vaqt davomida Forbes’ning millarderlar ro‘yxatiga kirishda davogar bo‘lgan Kim Kardashyanning turmush o‘rtog‘i faqat ijodidan tirikchilik qilmaydi. Unga qarashli Yeezy brendi bor. Mazkur brend krossovkalari yetarlicha mashhurlikka erishib, Nike singari yirik brendlarga raqobatchi bo‘lishga ulgurgan. Reper daromadini rafiqasi, farzandlari, mashinalar va dunyoga mashhur dizaynerlar tomonidan loyihalashtirilgan hashamatli ko‘chmas mulkka sarflaydi.

Jay-Z

Bruklinning kambag‘al tumanlaridan birida voyaga yetgan reper xip-xopdan milliard dollar daromad ko‘rgan ilk ijodkor sanaladi. U 50 million dollarlik ko‘chmas mulk va 70 million dollarlik san’at buyumlariga egalik qiladi. Bundan tashqari unga qarashli basketbol klubi ham mavjud. Bu hali hammasi emas, Jay-Z shampan vinosi va musiqiy servis biznesi bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari u musiqiy startaplarga ham investitsiya kiritadi.

Dreyk

Reper qimmatbaho avtomashinalar, bir qancha hashamatli uylarning egasi hisoblanadi. So‘nggi qo‘shig‘ining klipi u tomonidan yaqindagina xarid qilingan narxi 100 million dollardan ortiq, maydoni 5 ming kvadrat metr bo‘lgan uyda olingan.

Eminem

2000-yillarning eng talabgir, qo‘shiqlari xit bo‘lgan afsonaviy reperning moliyaviy ahvoli 100 million dollarni tashkil qiladi. Ijodkorga qarashli radiostansiya, leybl, liboslar brendi, kinokompaniya va xayriya fondi bor.

Cardi B

Kardi 2020-yil Forbes tomonidan e’lon qilingan reytingdan o‘rin olgan yagona ayol, eng yosh reper hisoblanadi. Kardining moliyaviy ahvoli 82 million dollarga baholangan. U taniqli reperlardan biri Offset bilan turmush qurgan. Turmush o‘rtog‘i Kardi va qiziga qimmatbaho sovg‘alar, masalan, Porsche mashinasini tuhfa qilishni yaxshi ko‘radi. Qizig‘i shundaki, mashinalari ko‘p ekaniga qaramay, Kardining haydovchilik guvohnomasi yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют