» » Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev chet el fuqarolari va xorijda yashayotgan ozbekistonliklarni mukofotladi

Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev chet el fuqarolari va xorijda yashayotgan ozbekistonliklarni mukofotladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toqqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash togrisidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, bir qator xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan ozbekistonliklar Dostlik va I darajali Salomatlik ordenlari hamda Kelajak bunyodkori va Shuhrat medallari bilan mukofotlandi.

Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi kop yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-talim almashuvlar boyicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qollab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov Anatoliy Vasilyevich Dostlik ordeni bilan mukofotlandi.

Ozbekiston va Yaponiya ortasidagi strategik sheriklik munosabatlari rivojiga va kopqirrali hamkorlikni kengaytirishga qoshgan katta hissasi, Ozbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan muhim tashabbus va amaliy say-harakatlari, Yaponiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida mamlakatdagi ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni, qoshma madaniy-gumanitar dasturlarni royobga chiqarishga korsatayotgan ulkan komagi uchun Yaponiya Bosh vaziri orinbosari, moliya vaziri, Yaponiya parlamentidagi Ozbekiston bilan Dostlik ligasi raisi Taro Aso ham Dostlik ordeni bilan mukofotlandi.

Ozbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni royobga chiqarishdagi amaliy komagi, xalqlar ortasidagi ozaro bir-birini anglash va qollab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, dostlik va madaniy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ishlariga qoshgan munosib hissasi uchun quyidagilar Dostlik ordeniga munosib topildi.

Ozbekiston Respublikasida ilgor xorijiy tajriba, ilm-fan va texnologiyalar asosida zamonaviy sogliqni saqlash tizimini rivojlantirish boyicha faol say-harakatlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashni tashkil etishda korsatgan amaliy yordami uchun quyidagilar I darajali Salomatlik ordeni bilan taqdirlandi.

Ozbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyotini taminlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish va ularni amalga oshirish, ustuvor iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qollab-quvvatlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan dostlik va ozaro hamkorlikni mustahkamlashga qoshgan hissasi uchun quyidagilar Kelajak bunyodkori medali bilan mukofotlandi.

Shuhrat medali bilan

Farmonga kora, Ozbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari Ozbekiston Prezidenti nomidan davlat mukofotlarini tantanali vaziyatda topshiradi hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taminlaydi.

Eslatib otamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mustaqillik bayrami munosabati bilan koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini, shuningdek, fan, talim, adabiyot, madaniyat, sanat va OAV xodimlarini mukofotlagandi. Prezidentning 28-avgustdagi farmoni bilan bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari mukofotlandi



Manba: Daryo.uz
: admin (28-08-2020, 23:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
:
-
:
20 ... -