» » Roppa-rosa 9 yil avval “Manchester Yunayted” Arsen Vengerning “Arsenal”ini “Old Trafford”ga “ko‘mgandi” (video)

Roppa-rosa 9 yil avval “Manchester Yunayted” Arsen Vengerning “Arsenal”ini “Old Trafford”ga “ko‘mgandi” (video)


“Manchester Yunayted” 2011-yilning 28-avgustida o‘z maydonida “Arsenal”ni 8:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Quyida “Arsenal” uchun eng omadsiz oqshomlardan birini yodga olamiz.

O‘yin keskin ruhda start oladi. 22-daqiqada Denni Uelbek Andersonning zargarona uzatmasidan keyin hisobni ochadi. Oradan ko‘p o‘tmay londonliklar hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘ladi, biroq Robin van Persi penaltidan unumli foydalana olmaydi. Buni “qizil iblislar” Eshli Yangning shedevr goli bilan jazolaydi.

41-daqiqada Ueyn Runi jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keladi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Teo Uolkott “Arsenal”ning dastlabki goliga mualliflik qiladi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida ham jamoalar biroz tin oladi, 64-daqiqadan yana gollar yomg‘iri davom etadi: Runi yana bir bor jarima zarbasidan unumli foydalanadi. 67-daqiqada esa Runi Nanining goliga assistentlik qiladi. Oradan uch daqiqa o‘tib Park Ji Sun jarima maydoni chizig‘i yonidan aniq zarba yo‘llab, jamoasining oltinchi golini uradi.

74-daqiqada van Persi mehmonlarning ikkinchi javob golini uradi va qisman xatosi yuvadi. Biroq “kanonirlar”ning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi, 77-daqiqada Karl Jenkinson ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatiladi.

O‘yin yakunigacha “Manchester Yunayted” futbolchilari yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ladi. 82-daqiqada Ueyn Runi penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Eshli Yang navbatdagi super goli bilan bahsga chiroyli nuqtani qo‘yadi.

Bu kechada hammasi ertaknamo bo‘lgandi. Himoyachi Eshli Yangning juda chiroyli ikkita goli va uch bor golli uzatma amalga oshirganini aytmasa ham bo‘ladi.

Bu London klubi tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat hisoblanadi. “Manchester Yunayted” muxlislar esa uni hali ham yuzda tabassum bilan yodga oladi. Ayniqsa, yaqinda qayd etilgan xuddi shunday hisob o‘sha super to‘qnashuvni yodga solib yuborgandi.

APL 2011/12-yilgi mavsum

3-tur bahsi

28-avgust, 2011-yil

Gollar: 1:0 – 22 Uelbek, 2:0 – 28 Yang, 3:0 – 42 Runi, 3:1 – Uolkott, 4:1 – 64 Runi, 5:1 – 67 Nani, 6:1 – 70 Pak Ji Sun, 6:2 – 77 van Persi, 7:2 – 87, penalti Runi, 8:2 – 90+1 Yang.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют