» » Rossiya maktablarida dars tugaganda chalinadigan yagona qo‘ng‘iroq bekor qilinadi

Rossiya maktablarida dars tugaganda chalinadigan yagona qo‘ng‘iroq bekor qilinadi


Rossiya maktablarida yangi o‘quv yilidan boshlab koronavirusdan profilaktika maqsadida yagona qo‘ng‘iroq va barcha sinflar uchun umumiy almashishlar bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Ta’lim vazirligi ma’muriyati va nazorat departamenti direktori Tamara Romanovaga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Romanovaning so‘zlariga ko‘ra, barcha maktablarda turli sinflar uchun darslarning individual boshlanish va yakunlanish, shuningdek, maktab oshxonasida ovqatlanish vaqti belgilanadi.

“Binoga kirishdagi qo‘shimcha eshiklar ochiladi, har bir sinfga alohida xona biriktirishga harakat qilamiz, biroq har bir tumanning o‘ziga xosligi bor”, — deydi amaldor.

O‘z navbatida “Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, yangi o‘quv yilida ota-onalarning maktab binosiga kirishi cheklanadi. Ota-onalar majlisi onlayn tartbida o‘tkaziladi.

Avvalroq Moskvadagi maktablarda yangi o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrda boshlanishi, o‘quvchilarning niqob taqishi ixtiyoriy bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston maktablarida pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yilini 14-sentabrdan boshlash taklif qilinmoqda. Hozirda Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ishlamoqda. Maktablar ochilishidan oldin o‘qituvchilardan koronavirusga test olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют