Andrey Miklyayev “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlandi
“Lokomotiv” murabbiylar shtabida yana o‘zgarish ro‘y berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Lokomotiv” bosh murabbiyi etib Andrey Miklyayev tayinlandi. Shuningdek, Temur Kapadze yordamchi murabbiy sifatida murabbiylar shtabidan joy oladi.
Miklyayev uchun “Lokomotiv” begona emas. Mutaxassis 2012—2018-yillar mobaynida jamoada ishlagan. 2016—2018-yillarda Miklyayev “temiryo‘lchilar”ga ustozlik qilgan.
Avvalroq “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodrov iste’foga chiqarilgan va uning o‘rniga Dilshod Nuraliyev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Nuraliyev qo‘l ostida jamoa “Paxtakor” (0:7) va “Nasaf” (0:4) jamoalariga yirik hisobda yutqazdi.
Mavzuga doir: Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” haqida: “Faoliyatimda bunday futbolchilar bo‘lmagan, bo‘lganda ham bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yardim”
Poytaxtliklar klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Nuraliyev avvalgidek “Lokomotiv” U-21 jamoasini boshqarishda davom etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют

- отсутствуют
