» » Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 28-avgust, juma kuni Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori sur’atda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Iyul oyida O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Qurbon hayiti munosabati bilan uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlagan, shuningdek, afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinganini ijobiy baholagandi.

Avval Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temiryo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilgani,  hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik — “So‘g‘diyona trans” korxonasining koordinatsiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonada davolanayotgani xabar qilingandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov afg‘onistonlik hamkasbi bilan bog‘lanib, mamlakatda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют