» » MMA afsonalari Fyodor Yemelyanenko va Mirko Krokop o‘rtasidagi tarixiy jangga 15 yil bo‘ldi (video)

MMA afsonalari Fyodor Yemelyanenko va Mirko Krokop o‘rtasidagi tarixiy jangga 15 yil bo‘ldi (video)


Bundan roppa-rosa 15 yil avval, 2005-yilning 28-avgustida Fyodor Yemelyanenko va Mirko Krokop o‘rtasida MMA tarixidagi eng shov-shuvli jang bo‘lib o‘tgandi.

Mirko va Fyodor o‘rtasidagi jangdan avval aqlbovar qilmas ajiotaj ko‘tarilgandi. O‘sha kuni Yaponiyadagi “Saytama Super Arena” tomoshabinlar bilan liq to‘lgandi. Jangni tomosha qilish uchun 47 ming muxlis tashrif buyurgan.

Rossiyalik yakkakurashchi jang avvalidanoq raqibini hayron qoldirgandi. Xorvatiyalik jangchi oyog‘i bilan Fyodorning jigariga zarba berishga intilar, u esa mazkur zarbalarni oyog‘i bilan bloklardi.

Shuningdek, Fyodor raqibining boshga yo‘naltiradigan “haykik” zarbasiga tayyor edi. Har safar boshga yo‘llangan oyoq zarbasidan keyin Fyodor raqibini, kanatlar sari itarib yuborar yoki “teykdaun”ga olardi.

Har bir raundda rossiyalik yakkakurashchi o‘zining aniq zarbalari va faolligi bilan ajralib turardi. So‘nggi raundda Mirko parter holatiga o‘tib himoyalanishga majbur bo‘ladi.

Bong chalinganda bahsda kim yutgani borasida hech kimda shubha qolmaydi. Yemelyanenko hakamlar qaroriga ko‘ra bir ovozdan g‘olib deb topiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют