» » Ozbekiston OTM professor-oqituvchilari va xodimlarini budjetdan tashqari mablaglar hisobidan moddiy ragbatlantirish tartibi belgilandi

Ozbekiston OTM professor-oqituvchilari va xodimlarini budjetdan tashqari mablaglar hisobidan moddiy ragbatlantirish tartibi belgilandi


Vazirlar Mahkamasining Respublika oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablaglar hisobidan moddiy ragbatlantirish tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va orta maxsus talim vazirligi xabar berdi.

Hujjat bilan respublika oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablaglar hisobidan moddiy ragbatlantirish tartibi togrisida nizom tasdiqlandi.

Unga kora, OTMlarning professor-oqituvchilarini va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy ragbatlantirish pul mukofotlari korinishida OTMbudjetidantashqari mablaglar hisobiga amalga oshiriladi.

Pul mukofotlari har bir xodimning mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari, OTM faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qoshgan shaxsiy hissasi uchun OTM rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qoshimcha haqlar belgilash orqali beriladi.

Moddiy ragbatlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki OTM rahbariyati yoki boshqa boshqaruv organlari tomonidan jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa bolinmalar xodimlariga ham berilishi mumkin.

Professor-oqituvchilarga ish haqi uchun ustama haq va qoshimcha haqlar Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-iyuldagi 236-son qarori 6-bandiga muvofiq budjetdan tashqari mablaglar hisobidan bir oylik maoshgacha bolgan miqdorda tabaqalangan holda belgilanadi.

OTMning boshqa toifadagi xodimlariga esa OTM kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga kora oliy talim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda tolanadi.

Ozini ozi moliyalashtirish tizimiga otgan oliy talim muassasalarida professor-oqituvchi va xodimlarga ustamalar hamda moddiy ragbatlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanadi.

Ustama haqlarini qatiy mezonlarga muvofiq belgilash va tolash uchun javobgarlik OTM rahbari zimmasiga yuklanadi.

OTM rahbariyatiga bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar togrisida notogri malumot taqdim etgan xodimlar moddiy ragbatlantirilmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (29-08-2020, 06:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -