» » Samarqandda YPX xodimiga 1,5 mln so‘m pora bergan haydovchi ushlandi

Samarqandda YPX xodimiga 1,5 mln so‘m pora bergan haydovchi ushlandi


Samarqandda mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga 1,5 million so‘m pora bergan haydovchi ushlandi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27-avgust kuni soat 11:20 larda, Samarqand viloyati IIB YHXB bo‘linmalari YPXB 1-otryad YPX inspektori tomonidan M-39 Toshkent-Termiz yo‘lining 1081-kilometrida Malibu-2 rusumli davlat raqam belgisi bo‘lmagan avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan X.J. me’yoriy hujjatlarsiz, davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib, YHXBdan tegishli ruxsatnoma olmasdan avtomobilning yon va orqa oynalarini qoraytirib olgan holda boshqarib kelayotganligi aniqlangan.

Haydovchiga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

27-avgust kuni soat 12:15 larda Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB shtab videokuzatuv guruhi kichik inspektori F.Ergashev ma’muriy amaliyot xonasida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda oldiga fuqaro X.J. kelib avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1,5 million so‘mni pora taklif qilgan.

Xodim fuqaro X.J. bilan o‘rtalarida bo‘lgan suhbatni telefon apparatiga yozib olganligini, mazkur holat bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro X.J.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni bildirgi orqali murojaat qilib so‘ragan.

Mazkur bildirgi asosida 27-avgust kuni soat 17:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.J. kichik inspektor F.Ergashevning xizmat xonasida 1,5 million so‘m pullarni pora sifatida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq YHXBB YPX xodimi xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirgani, Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют