» » Termizda Cobalt’ini jarimadan chiqarish uchun 500 ming so‘m pora bergan haydovchi endi besh yilga qamalishi mumkin

Termizda Cobalt’ini jarimadan chiqarish uchun 500 ming so‘m pora bergan haydovchi endi besh yilga qamalishi mumkin


Termizda mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YHXB xodimiga pora taklif qilgan haydovchi ushlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 1974-yilda tug‘ilgan, Termiz tumanida yashovchi haydovchi B.B. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganida, Termiz shahrining R.Soatova ko‘chasida YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, harakatlanishda davom etgan.

Boshqa uch inspektor — O.A., E.A. va A.Sh.ning o‘z vaqtida ko‘rgan tezkor choralari natijasida “qochoq haydovchi” tez orada to‘xtatilgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, mashina esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng haydovchi ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish va avtoulovni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektor E.A.ga 500 ming so‘m pora taklif qilgan. U shu kuni soat 16:47 da Termiz shahrining “Do‘stlik” mahallasida o‘tkazilgan tezkor davomida E.A.ga 500 ming so‘m puni pora tarqiasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, haydovchi B.B.ga nisbatan 27-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50 baravari (11 150 000)dan 100 baravari (22 300 000 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют