» » Germaniyada koronavirus sabab katta tadbirlar yil oxirigacha taqiqlanadi

Germaniyada koronavirus sabab katta tadbirlar yil oxirigacha taqiqlanadi


Germaniya hukumati koronavirus pandemiaysi tufayli katta tadbirlar, konsertlar, festivallar va xalq sayillarini o‘tkazish kamida 31-dekabrgacha taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.

Bunda istisno tariqasida kasallanish ko‘rsatkichi juda past bo‘lgan hududlarda bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishiga ruxsat beruilishi mumkin.

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning 16 ta federal yerlari bosh vazirlari bilan mazkur masalani muhokama qilgan va yaqin orada yakuniy qaror chiqariladi.

Avval Berlin ma’muriyati yaqinlashayotgan dam olish kunlarida karantin cheklovlarining yumshatilishini talab qilib o‘tkazilayotgan namoyishlarni taqiqlagandi. Mazkur qaror e’lon qilinganida, Berlin senati vakili Andreas Gayzel cheklovlar yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligini taqiqlashga qaratilmagani, aksincha infeksiyadan himoyalanish uchun ehtiyot chorasi ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra amaldorlar namoyishchilarning ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etmasligi mumkinligidan xavotirga tushgan.

Norozilik namoyishlarini tashkil qilgan faollar esa mazkur taqiq siyosiy ahamiyatga egaligini aytib, sudda ushbu cheklovni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish lozimligini qayd etgan. Ular Berlinda 20 ming nafar atrofidagi olomonni to‘plash va katta miting o‘tkazishni istayotgandi.

Berlinda 1-avgust kuni karantinning bekor qilinishini talab qilib katta namoyish o‘tkazilgan va unda minglab aholi vakillari qatnashgandi. Tadbir ishtirokchilar tibbiy niqob taqmagani va bir-birlari bilan 1,5 metr oraliq masofani saqlamagani oqibatida belgilangan muddatdan avval kuchishlatar tizim xodimlari ishtirokida to‘xtatilgan.

Worldometer ma’lumotlari bo‘yicha 2020-yil 28-avgust holatiga ko‘ra Germaniyada pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 240 mingdan holat qayd etilgan, 9359 nafar odam kasallik asoratlari oqibatdia vafot etgan.

Avval Tojikistonda Mustaqillik bayrami ommaviy tadbirlarsiz o‘tkazilishi xabar qilingandi. O‘zbekistonda ham Mustaqillikning 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz o‘tadi, bayram oila davrasida nishonlanadi. Bayram arafasida o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют