» » Shavkat Mirziyoyev viloyat va tuman hokimlarining bir guruhini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev viloyat va tuman hokimlarining bir guruhini mukofotladi


Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Mukofotlanganlar qatorida 20 nafar hokim ham bor, deb yozmoqda “Xalq so‘zi Online”.

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovga “Mehnat shuhrati” ordeni berilgan. Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Zafar Fayzullayev “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rilgan. Mukofotlanganlarning qolgan qimsi bilan quyida tanishish mumkin.

Mavzuga doir: Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ham koronavirusdan davolanib, o‘z ishiga qaytdi

Mukofotlangan yagona hokim ayol Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova. Unga “Sodiq xizmatlari uhcun ordeni” beriladi.

Mavzuga doir: Nargiza Ne’matova Olot tumaniga hokim bo‘ldi. U so‘nggi 10 kunda hokim etib tayinlangan ikkinchi ayol bo‘ldi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Adilov Jambul Agitayevich - Taxtako‘pir tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Boyigitov Yo‘lchiboy O‘rinboyevich - Yozyovon tumani hokimi, Farg‘ona viloyati

Boyqarayev Asrol Ro‘ziyevich - Koson tumani hokimi, Qashqadaryo viloyati

Mirzaqulov Batirjon Kazakbayevich - Sayxunobod tumani hokimi, Sirdaryo viloyati

Ne’matova Nargiza Isamiddinovna - Olot tumani hokimi, Buxoro viloyati

Salomov Sherali Husenovich - Qorako‘l tumani hokimi, Buxoro viloyati

Saparbayev Atabek Xudaybergenovich - Beruniy tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tamikayev Abdivaxob Ulashbayevich - Zangiota tumani hokimi, Toshkent viloyati

Urinov Shuxratjon Bekmaxmatovich - Termiz tumani hokimi, Surxondaryo viloyati

Xudayberdiyev Shunkor Farmonovich - Pastdarg‘om tumani hokimi, Samarqand viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Abdurayimov Jasurbek Odilovich - Baliqchi tumani hokimi, Andijon viloyati

Jabborov Botir Shukurovich - Narpay tumani hokimi, Samarqand viloyati

Ismoilov Serobidin Poziljonovich - Izboskan tumani hokimi, Andijon viloyati

Mustanov Abdivalijon Saidovich - Forish tumani hokimi, Jizzax viloyati

Sultanov Azamjon Maxmudovich - Pop tumani hokimi, Namangan viloyati

Umarov Faxritdin Samatovich - Karmana tumani hokimi, Navoiy viloyati.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni mustaqillik bayrami munosabati bilan koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlaridan bir guruhini, shuningdek, fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlarini mukofotlagan. Prezidentning 28-avgustdagi farmoni bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham mukofotlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют