» » Xavi dunyoning ayni damdagi eng yaxshi yarim himoyachisi nomini aytdi

Xavi dunyoning ayni damdagi eng yaxshi yarim himoyachisi nomini aytdi


Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi ayni damda kimni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi deb hisoblashini aytdi.

“Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuyne menga boshqa darajadagi o‘yinchi bo‘lib ko‘rinadi. U dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi va nisbatan yoshroqdir.

Xavi, “As-Sadd” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, de Bryuyne 2019/2020-yilgi mavsumda 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi va “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anrining APLdagi rekordini takrorladi. Bundan tashqari, Kevin o‘tgan mavsumda o‘z nomiga 13 ta golni ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

40 yoshli Xavi esa futbolchilik faoliyatining 17 yilini “Barselona”da o‘tkazgan. Shundan so‘ng to‘rt yil davomida “As-Sadd” sharafini himoya qildi va 2019-yilda jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют