» » Robert Levandovski bu yilgi “Oltin to‘p”ni kimga topshirish kerakligini aytdi

Robert Levandovski bu yilgi “Oltin to‘p”ni kimga topshirish kerakligini aytdi


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan “Oltin to‘p” mukofotini kimga topshirish kerakligi to‘g‘risidagi savolga o‘ziga xos tarzda javob berdi.

Bu yilgi “Oltin to‘p”ni kimga bergan bo‘lardim? O‘zimga.

Robert Levandovski , “Bavariya” futbolchisi

Qayd etish joiz, “Oltin to‘p”ning amaldagi g‘olibi Lionel Messi hisoblanadi. Hozirda aksariyat mutaxassislar agar bu yilgi sovrin ham topshirilganida unga Levandovski asosiy da’vogar bo‘lardi degan fikrni ilgari surmoqda.

Levandovski 2019/20-yilgi mavsumda o‘zi qatnashgan barcha musobaqalarda (Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Chempionlar Ligasi) g‘olib bo‘lish bilan birga, ularning eng yaxshi to‘purari ham bo‘ldi.

Avvalroq Amerikaning Bleacher Report nashri jurnalistlari “Change.org” saytida petitsiya e’lon qilib, unda France Football jurnali jamoasini 2020-yilgi “Oltin to‘p”ni topshirishga chaqirgandi. Shu vaqtgacha mazkur petitsiyani 140 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют