» » “Onamning yana oyoqqa turib, 17 yillik og‘riqlardan xalos bo‘lishini istayman.” Revmo-artrid kasalligiga chalingan Nasiba Xudayqulova zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur

“Onamning yana oyoqqa turib, 17 yillik og‘riqlardan xalos bo‘lishini istayman.” Revmo-artrid kasalligiga chalingan Nasiba Xudayqulova zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur


“Daryo” tahririyatiga Shayxontohur tumani Soyib Xo‘jayev ko‘chasida istiqomat qiluvchi Muborak Qosimova murojaat qilib, revmo-artrid kasalligiga chalingan onasi uchun moddiy yordam so‘radi.

Onam, Nasiba Xudayqulova 1956-yil tug‘ilgan. 2003-yil yozida oyog‘idan jarohat olib nogiron bo‘lib qoldi. Imkon boricha davolatdik. 2007-yilgacha bir amallab ishladilar, lekin keyin umuman yotib qoldilar.

Shu paytgacha ko‘plab kasalxonlarga olib bordik. Shifokorlar onamga revmo-artrid tashxisini qo‘ydi. Ularning aytishicha, ikkala tizzada yumshoq qatlam qurib qolgan, tizzada suyuklik qolmagan.

2016-yili Hindistondan kelgan ortoped professor Anil Aroraning qabuliga borganimizda shifokor onamni rentgen xulosalarini ko‘rib chiqdi. Hamda onamning yurib ketishi uchun ikkala tizzaga sun’iy bo‘g‘im qo‘yish kerakligini,  operatsiyaga 8 ming dollar ketishini aytdi.

Biz shu operatsiyani o‘zimizda qildirmoqchi bo‘lib, tramotologiya institutiga bordik. Afsuski, u yerdagi mutaxassislar hozircha faqat bir  oyog‘ini, 6 oy yoki bir yildan so‘ng ikkinchi oyog‘ini operatsiya qilishni, biroq bu operatsiya muvaffaqiyatli chiqishiga kafolat bera olmasliklarini aytishdi.

Ortoped Anil Arora esa ikkala oyoqni bir vaqtda operatsiya qilishini va bu ishga 100 foiz kafolat bergan edi. Biz shu odamda operatsiya qildirishga qaror qildik. Ammo... mablag‘ tarafdan qo‘limiz ancha kaltalik qildi.

Professorni aytishicha, operatsiyadan keyingi davolanish va ikkala oyoqning ipini olish va boshqa muolajalar uchun Hindistonda ikki oy bo‘lishga to‘g‘ri kelar ekan.

Onamlar faqatgina yotadilar, hatto o‘tira olmaydilar. Chunki o‘tirish uchun tizzalari bukilmaydi, qotib qolgan.

Oilaviy ahvolimizga kelsak, dadam pensionerlar, men 42-oilaviy poliklinikada yarim stavkada ro‘yxatga oluvchi (medregistrator) bo‘lib ishlayman. Ukam esa ishsiz. Shuncha yil yig‘ib terib, qarindosh-urug‘lardan qarz olib, 5 ming dollarcha pul jamg‘ardik. Ammo operatsiya uchun 3 ming dollar va yo‘l xarajatlari uchun pul kerak.

Kuni kecha Hindiston elchixonasidan vizamiz ham chiqdi. Agar kerakli pul yig‘ilsa nasib qilsa sentabrning boshida Hindistonga uchib ketamiz. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojman.

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan Nasiba Xudayqulovaga imkon boricha yordam berishlarini so‘rab qolamiz. 

Nasiba Xudayqulovaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Qizi Muborak Qosimova nomiga ochilgan

“Agrobank”: 8600 0417 9012 7436

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun qizining pasport ma’lumotlari:

Qosimova Muborak Ilxamovna

Pasport raqami: AA 2655016

Qizining telefon raqami:

+998 90 978 56 33



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют