» » Qashqadaryoda “Kamaz”ga yo‘l bermagan Damas’ning 20 yoshli haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda “Kamaz”ga yo‘l bermagan Damas’ning 20 yoshli haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi


Qashqadaryoda “Kamaz” va Damas ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki nafari tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 28-avgust kuni soat 15:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani hududidan o‘tgan 4K-339 “Qarshi aylanma yo‘lining” 6-kilometrida yuz bergan.

20 yoshli haydovchi N.Sh. Damas’ni Obdida—Xo‘jaqo‘rg‘on ko‘chalari kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan haydab kelib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan 29 yoshli haydovchi B.U. boshqaruvidagi “Kamaz-5320” rusumli yuk avtomobilini o‘tkazib yubormasdan, o‘ng tomon oldi qismiga borib urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Damas haydovchisi voqea joyida, undagi 18 yoshli yo‘lovchi A.J. shifoxonada vafot etgan. “Kamaz” haydovchisi va 18 yoshli yo‘lovchisi A.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan hodisa sodir bo‘lgan kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют