» » Qashqadaryoda Damas va “Kamaz” ishtirokidagi YTH natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda Damas va “Kamaz” ishtirokidagi YTH natijasida bir kishi halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Damas avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdagi “Kamaz” yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi IIV YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 23-avgust kuni soat 19:30 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Saroy” MFY, Saroy qishlog‘i ichki yo‘lida haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan S.I. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib yo‘ldagi notekislikdan qochib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Oqibatda Damas qarshisidan kelayotgan haydovchi 1996-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Natijada Damas rusumli avtomobil haydovchisi, 41 yoshli S.I. og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2020-yil 24-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют