» » Navoiyda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas YTHga uchradi. Yo‘lovchilardan biri vafot etdi

Navoiyda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas YTHga uchradi. Yo‘lovchilardan biri vafot etdi


7-avgust kuni Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4R-55 avtomobil yo‘lining 94-kilometrida Damas mashinasini boshqarib kelayotgan 57 yoshli haydovchi uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib, avariyaga uchragan.

YTH oqibatida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1975-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan yo‘lovchi R.N. og‘ir tan jarohati olib halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Chiroqchida Nexia va Howo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani, Farg‘onada Damas va Labo to‘qnashuvida esa bir haydovchi vafot etgani, Sirdaryoda “KamAZ” piyodani urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют