» » Sardoba fojiasida vafot etgan va bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Sardoba fojiasida vafot etgan va bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Ular orasida Sardoba toshqini vaqtida oqib ketib, bedarak yo‘qolgan va vafot etgan Milliy gvardiya xodimlari ham bor.

Aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgandi.

Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3-may kuni soat 08:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i “Kichik Bobur” mahallasidan topilgan. Oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar davom etayotgani aytilgandi.

Prezident farmoni bilan bedarak yo‘qolgan Hazrat Suyunov va marhum Husniddin Suyarov “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Sanjar Ibragimovga esa “Mardlik” ordeni berildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya xizmati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Yesemurat Qayipnazarov ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Podpolkovnik 24-iyul kuni 49 yoshida koronavirusdan vafot etgandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 29 yilligi munosbati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlarini mukofotlagani, ular orasida “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov ham o‘rin olgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют