» » Sinoptiklar O‘zbekistonda sentabr oyining boshlarida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Sinoptiklar O‘zbekistonda sentabr oyining boshlarida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi


O‘zbekistonda sentabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli bo‘ladi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi.

30-avgust, yakshanba kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

31-avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu me’yordan sal past haroratdir.

Sentabrning ilk kunlari ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30—31-avgust va 1—2-sentabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют