» » Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi smarfonlar ekrani to‘g‘risida ma’lumot berildi

Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi smarfonlar ekrani to‘g‘risida ma’lumot berildi


Smartfonlarning OLED-ekranlari bosh og‘rig‘ini yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda “Raqamli fuqaro” platformasi eksperti Valdimir Gritsenkoga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.

Gritsenko OLED-ekrani bor foydalanuvchilarning taxminan 10 foizida bosh og‘rig‘i yuzaga kelishi aniqlangan tadqiqot natijalariga tayangan. Bu displeyning inson ko‘ziga sezilmaydigan pirpirashi sabab sodir bo‘ladi. Biroq uni OLED-ekranga boshqa smartfon kamerasi orqali qaralsa, ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, zararli pirpirash displey yorug‘ligi kamaytirilganida boshlanadi. “Yorug‘lik qancha kam bo‘lsa — ekran pulsatsiyasi shunchalar aniq bo‘ladi va ko‘zlar ko‘proq charchaydi”, — deydi ekspert. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bosh og‘rig‘i muammosini yechish uchun apparat ekrani yorug‘ligini oshirish kerak. Shuningdek, iOS va Android’da boshqariladigan qurilmalarning dasturiy ta’minotida ushbu muammo bilan kurashuvchi funksiya mavjud, masalan, iPhone’da “Oq nuqtani kamaytirish” funksiyasi.

Agarda bu yordam bermasa, mutaxassis IPS-ekranli telefon sotib olishni masalahat bergan. Masalan, Apple lineykasidagi iPhone XR, iPhone 11 qurilmalariga xuddi shu kabi ekran o‘rnatilgan. OLED-ekranning yana bir kamchiligi — vaqt o‘tishi bilan matritsadagi ayrim piksellar o‘z yorug‘ligini yo‘qotadi.

Avvalroq Uyqudan oldin gadjetlardan foydalanishning zarari to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Mavzuga doir: Internet va smartfonlar inson xotirasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют