» » Nokia 9 ekran tepasidagi “soyabon” va juda ingichka romlarga ega bo‘ladi

Nokia 9 ekran tepasidagi “soyabon” va juda ingichka romlarga ega bo‘ladi


Eng so‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, HMD Global kompaniyasining 2018-yildagi eng baquvvat flagmani — Nokia 9 iPhone X ortidan borib, uning eng taniqli xususiyatlarini o‘zlashtiradi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Bunda gap, albatta, ekran tepasidagi “soyabon” va juda ingichka romlar haqida bormoqda.

Barmoq izi skaneri Nokia 9 ekrani ostida joylashadi. Qurilma u yondan bu yongacha bo‘lgan qayrilma ekranga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, smartfonga innovatsion kamera o‘rnatiladi. Avvalgi mish-mishlarga ko‘ra, u Carl Zeiss bilan birga ishlab chiqilgan Penta kamerasi bilan jihozlanadi.

“Kapot ostida” Qualcomm’dan old SoC — sakkiz yadroli Snapdragon 845 chipseti joylashishi kerak.

Nokia 9 5,7 dyuymli va 1440?2560 pikselli OLED ekran, 6/8 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli qo‘sh kamera (asosiy) va 5 megapikselli old kamera, 3250 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют