» » Putin Belarusdagi prezidentlik saylovlari natijasini tan oldi

Putin Belarusdagi prezidentlik saylovlari natijasini tan oldi


Rossiya Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari legitimligini (qonuniyligini) tan oladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin jurnalist Sergey Brilyevga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Putinning ta’kidlashicha, Belarus hukumati YXHT vakillarini saylovlarda nazoratchi sifatida qatnashishga taklif etgan, biroq ular kelmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu saylovlar natijasi bo‘yicha pozitsiya oldindan tayyorlab qo‘yilgan degan fikrni yuzaga keltiradi.

“Shu sababli biz saylovlar o‘tkazilganiga asoslanamiz. Biz — men darhol buni amalga oshirdik, biz legitimlikni tan oldik. Va bilasizki, men Aleksandr Lukashenkoni ushbu saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladim. Tamom”, — deydi Rossiya prezidenti.

Avvalroq Yevropa parlamenti Lukashenkoga persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,09 foiz ovoz olgan.

Natijalar e’lon qilingach, Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют