» » RPL. Oston O‘runov debyut qilgan o‘yinda “Spartak” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

RPL. Oston O‘runov debyut qilgan o‘yinda “Spartak” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 6-turida “Spartak” 29-avgust, shanba kuni Tulaning “Arsenal”ini qabul qildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida mehmonlar Daniil Xlusevichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq oradan besh daqiqa o‘tib, Aleksandr Sobolyev hisobni tenglashtirishga erishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida tulaliklar futbolchisi Daniil Lesovoyga qizil kartochka ko‘rsatildi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Samyuel Jigo moskvaliklarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda “qizil-oq”lar vaziyatni nazorat qildi. E’tiborli jihati, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov mazkur o‘yinda RPLdagi debyutini nishonladi. Oston uchrashuvning 69-daqiqasida maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Spartak” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi.

RPL

6-tur bahsida

29-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 36 Xlusevich, 1:1 – 41 Sobolyev, 2:1 – 45 Jigo.

“Spartak”: Maksimenko, Maslov, Ayrton, Jigo, Jikiya, Zobnin, Umyarov (Yeshenko, 69), Bakayev (Til, 57; O‘runov, 69), Kral, Larsson (Mirzov, 88), Sobolyev.

“Arsenal Tula”: Nigmatullin, Burlak, Sokol, Bauer, Kangva (Chaushich, 78), Panteleyev (Gorbatenko, 68), Kostadinov (Tkachev, 78), Gromiko, Lesovoy, Kangva (Banda, 68), Xlusevich (Dovbnya, 84).

Ogohlantirishlar: Lesovoy (13), Sokol (30), Panteleyev (42), Jigo (71), Chaushich (90).

Chetlatish: Lesovoy (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют