» » RPL. “Spartak” safarda g‘alabaga erishdi, “Lokomotiv M” 5 ta gol urilgan o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi

RPL. “Spartak” safarda g‘alabaga erishdi, “Lokomotiv M” 5 ta gol urilgan o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yin 26-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Moskvaning “Spartak” jamoasi safarda “Rotor” bilan bahs yuritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida poytaxtliklar o‘yinchisi penaltini aniq amalga oshirgan holda o‘yin taqdirini hal qilgan golga mualliflik qildi.

Oston O‘runov mazkur o‘yinda ham zaxirada qoldi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 11 taga yetkazib olgan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Yana bir Moskva klubi “Lokomotiv” esa “Axmat”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar birinchi bo‘limni ikkita to‘p farqidagi g‘alaba bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Anton Miranchuk hisobni qisqartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Axmat” uchinchi golni ham urdi.

63-daqiqada mehmonlar Marat Bistrovning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Shundan keyin ustunlik “temiryo‘lchilar” tomoniga o‘tdi. 77-daqiqada Gjegoj Krixovyak moskvaliklarning ikkinchi golini urdi. qolgan vaqtlar “Loko”ning kuchli bosimi ostida o‘tdi, biroq mezbonlar raqib darvozasi tomon boshqa yo‘l topa olmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov leginerlarga qo‘yilgan cheklov sabab RPL qaydnomasiga kiritilmagan.

RPL

5-tur bahslari

26-avgust, chorshanba

Gol: 0:1 – 55, penalti Bakayev.

“Rotor”: Dovbnya, Gogua, Manucharyan (Sultonov, 78), Bayriyev, Kverkveliya, Davitashvili, Serchenkov (Jigulev, 61), Aleynik (Pesegov, 78), Makarov (Kojemyakin, 81), Stepanov, Mullin.

“Spartak”: Maksimenko, Jikiya, Jigo, Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Umyarov (Til, 90), Bakayev (Glushenkov, 77), Sobolyev, Larsson (Yeshenko, 82).

Ogohlantirishlar: Bakayev (5), Makarov (28), Kverkveliya (53), Zobnin (65), Bayrыev (66), Gogua (72), Yeshenko (90), Sobolyev (90), Kojemyakin (90), Maksimenko (90), Maslov (90).

Gollar: 0:1 – 3 Ilin, 0:2 – 45 Timofeyev, 1:2 – 48, penalti Anton Miranchuk, 1:3 – 58 Berisha, 2:3 – 77 Krixovyak.

Chetlatishlar: Bistrov (63), Shvets (90+3).

Gollar: 1:0 – 47 Hvan In Bom, 2:0 – 56 Makarov, 3:0 – 69 Makarov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют