» » Aleksandr Lukashenko o‘z xalqiga avtomatdan o‘q otmasligini aytdi

Aleksandr Lukashenko o‘z xalqiga avtomatdan o‘q otmasligini aytdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “avtomat bilan ko‘chalarda yugurayotgani” haqidagi tanqidlarni adolatsiz deb hisobladi va Belarus xalqiga o‘q uzmasligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Belarusga tashqi tahdid yaxshimi? Siz esa meni ko‘chada avtomat bilan yugurib yuribdi va o‘z xalqiga qarata otishga tayyor, deb tanqid qilishni boshlayapsiz. Eshitinglar, nafaqat otish, balki chorak asr davomida xalqni hech qachon barmog‘im bilan ko‘rsatmaganman”, — deya ma’lum qilgan Lukashenko.

Lukashenkoning qayd etishicha, tashqi xavflar fonidagi bu vaziyatda u jamiyat va siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda harbiy xizmatchilarning ma’lum zaxirasini ushlab turishga majbur.

Belarusga davom etayotgan namoyishlar fonida 23-avgust kuni Aleksandr Lukashenko vertolyotda Minskdagi Mustaqillik saroyiga uchib keldi. Unga otasi kabi “Kalashnikov” harbiy avtomati bilan qurollangan 15 yoshli o‘g‘li Nikolay hamrohlik qildi. Shundan so‘ng, muxolifat muvofiqlashtiruvchi kengashi mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralaridan voyaga yetmagan shaxsga jangovar o‘qotar qurol berilgani uchun chora ko‘rishni so‘ragan.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko namoyishlarda qatnashgan talabalarni armiyaga chaqirish bilan tahdid qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют