» » Tazyiq o‘tkazilgani haqida Prezidentga murojaat yo‘llagan urgutlik aka-uka videosi yuzasidan ma’lumot berildi

Tazyiq o‘tkazilgani haqida Prezidentga murojaat yo‘llagan urgutlik aka-uka videosi yuzasidan ma’lumot berildi


Tegov departamenti ijtimoiy tarmoqlarda “Oilang bilan yo‘q qilaman deyishdi! Prezident yordam bering” nomi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan ma’lumot berdi.

Videomurojaatda Shahboz Razzoqov ismli fuqaro akasi B.O. vafot etganligi holati bo‘yicha Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida unga va ukasi Ziyodulla Razzoqovga nisbatan ruhiy tazyiq o‘tkazilganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan aniqlanishicha, 2020-yilning 18-avgust kuni soat 08:53 da Urgut tuman “Xo‘jabaland” mahallasida yashovchi fuqaro B.O. (Shohboz Razzoqovning akasi) Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga “qorin bo‘shlig‘i yopiq shikasti, posttravmatik shok 1-daraja” tan jarohati bilan murojaat qilgan, biroq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga qaramay, B.O. 19-avgust kuni shifoxonada vafot etgan.

Tibbiyot muassasasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, B.O.da qorin bo‘shlig‘i a’zolari yopiq jarohati, o‘n ikki barmoq ichak, qorin parda orti travmatik yirtilishi va qorin parda orti sohasi gematomasi kabi jarohatlar aniqlangan.

Tuman tibbiyot birlashmasining xabariga asosan, Urgut tumani IIO FMB HPB TP profilaktika inspektori ushbu holat bo‘yicha B.O.ning turmush o‘rtog‘i S.I., ukasi R.Sh. hamda otasi O‘.O.dan tushuntirish xati olganda, ular B.O.ni 18-avgust kechasi mast holda uyga kelib, zinapoyaga yiqilib tan jarohati olganligini, B.O.ga nisbatan hech kim tan jarohati yetkazmaganligini, hech kimga da’volari yo‘qligini bildirgan. (Mazkur holat dalolatnoma tarzida rasmiylashtirilib, B.O.ning turmush o‘rtog‘i va ota-onasi hamda ukalaridan tilxat hamda tushuntirish xatlari olingan).

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, hodisa kuni marhum B.O. uyga spirtli ichimlik ta’sirida mast holatda kelganligi sababli ukalari va otasi bilan o‘zaro janjallashib urishganligini, so‘ng uni arqon bilan bog‘lab qo‘yishganligi, ammo B.O.ning sog‘lig‘i yomonlashib, ichki a’zolaridagi og‘riqdan shikoyat qilgan bo‘lsa-da, tongda TTYo chaqirib shifoxonaga olib borishganligi aniqlangan.

Hozirda holatga oydinlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shuningdek, yuqoridagi fuqarolardan tushuntirish olish jarayoni to‘liq videoga olingan bo‘lib, videotasvirda tergov organi xodimi tomonidan ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilganligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, Ziyodulla Razzoqovning videomurojaatdagi vajlarini to‘laqonlik tekshirish maqsadida holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tergov yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda xodimlar tomonidan fuqarolarning huquqlarini buzish, ularga tazyiq o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan choralar haqida gapirib bergandi.

Mavzuga doir: “Andijondagi voqea huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatdi”. “Yuksalish” umummilliy harakati hodisaga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 02:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют