» » Turkiyalik inson huquqlari faoli Ebru Timtik 238 kunlik ochlik e’lonidan so‘ng vafot etdi. Politsiya uning dafn marosimida qatnashganlarni tarqatib yuborgan

Turkiyalik inson huquqlari faoli Ebru Timtik 238 kunlik ochlik e’lonidan so‘ng vafot etdi. Politsiya uning dafn marosimida qatnashganlarni tarqatib yuborgan


Turkiyalik inson huquqlari himoyachisi, advokat Ebru Timtik 27-avgust kuni uning ishi adolatli ko‘rib chiqilishini talab qilib, ochlik e’lonidan so‘ng 238 kun o‘tib, 42 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning advokati Fausto Janelliga tayanib, Meduza xabar qildi.

Ebru Timtik terroristik guruh tuzish va boshqarish ayblovi bilan qamalgan. U 2018-yil sentabr oyida hibsga olingan, shundan keyin u 13 yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Umuman olganda, ushbu ish bo‘yicha 18 advokat qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular Turkiyada taqiqlangan Inqilobiy Xalq ozodlik fronti partiyasi bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan.

Advokat Naim Emino‘g‘lining AFP’ga aytishicha, Timtik “odamlarni turli vaziyatlarda himoya qilgani” uchun sud qilingan. 301 kishining umriga zomin bo‘lgan Soma konidagi portlash voqeasi shular jumlasidan.

2020-yil fevral oyida Ebru Timtik va uning hamkasbi Aytaj Unsal ochlik e’lon qildi va iyul oyida u qamoqdan kasalxonaga ko‘chirilgan. 14-avgust kuni kassatsiya sudi uning sud hukmi ustidan shikoyatini rad etdi. Uning o‘limidan oldin Ebru Timtikning vazni 30 kilogrammgacha tushib ketgan.

Ebru Timtikni dafn etish marosimi 28-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Politsiya Istanbulning shimolidagi qabristonda advokat bilan xayrlashish uchun kelgan yuzlab odamlarni tarqatib yubordi, deb xabar berdi AFP. Namoyishchilar “Ebru Timtik o‘lmas!” va “Qonxo‘r davlat javobgarlikka tortiladi!” deb baqirgan.

Yevropa Kengashining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovich Ebru Timtikning vafotidan chuqur qayg‘udaligini aytgan.

“Uning o‘limi advokatlar, huquq himoyachilari va jurnalistlarni jim qilish uchun ishlatilgan sud tizimining qayg‘uli oqibatlarini namoyish etadi”, – dedi Miyatovich.

Yevropa Ittifoqi Turkiya rasmiylarini mamlakatda inson huquqlarini buzayotganlikda tanqid qildi. Yevropa tashqi xizmatining bildirishicha, Timtik bu yil Turkiyada uzoq davom etgan ochlik e’lonlari tufayli vafot etgan to‘rtinchi mahbus.

Bundan oldin kurdlarning Grup Yorum guruhi a’zolari Xelin Bo‘lek va Ibrohim Go‘kchek hamda siyosiy mahbus Mustafo Kochak vafot etgan edi.

“Ularning adolatli sud uchun olib borgan kurashlarining fojiali natijalari Turkiya hukumatiga mamlakatda so‘nggi yillarda keskin yomonlashgan inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni, shuningdek, sud tizimida kuzatilgan jiddiy kamchiliklarni ishonchli tarzda tuzatish zarurligini og‘riqli tarzda namoyish etadi”, – deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют