» » Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 1300 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan sirtqi bo‘lim xodimi ushlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 1300 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan sirtqi bo‘lim xodimi ushlandi


O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati bir qancha korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limi uslubchisi fuqaroga o‘zini mazkur universitet dekani o‘rinbosari, deya tanishtirib, uning ishonchiga kiradi. Agar 1300 AQSh dollari bersa, uning tanishini universitetda yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi bo‘limga o‘qishga kiritib qo‘yishi mumkinligini aytadi.

DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida universitet uslubchisi kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holat Andijonda yuz bergan. Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi ham abituriyentni ushbu oliy ta’lim muassasasining jismoniy madaniyat fakultetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirishiga yordam berishni va’da qilib, undan 4000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Andijon viloyati boshqarmasi va departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika institutining marketing bo‘limi boshlig‘i ham mahalliy fuqarodan uning tanishini mazkur institutning musiqa fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3000 AQSh dollari talab qiladi. DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida marketing bo‘limi boshlig‘i so‘ralgan pulning yarmini, ya’ni 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют