» » Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi


Andijon va Xorazm viloyatida 4 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi A.X. oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirib qolish maqsadida fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, uni ushbu universitetning Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yana bir holat departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.K. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar D.S. va Z.A.ning ishonchiga kirib, ularni Urganch davlat universitetining Jismoniy tarbiya va tasviriy san’at yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga mazkur universitetning 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют