» » Shavkat Mirziyoyev: Biz uchinchi Renessans davriga tayyorlanyapmiz

Shavkat Mirziyoyev: Biz uchinchi Renessans davriga tayyorlanyapmiz


Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi metro bekatlarini ko‘zdan kechirish va poyezddagi sayohat davomida O‘zbekiston taraqqiyot uchun maktablar faoliyatini tiklab, fundamental fanlarni rivojlantirishi lozimligini ta’kidlagan.

“Metro ochilganidan keyin endi maktablar faoliyatini qayta tiklash lozim. Yangi maktablar qurib, o‘qituvchilar va pedagoglar obro‘sini ko‘tarish kerak. Yo‘llar, metro qurilyapti, endi maktablardagi sharoitlarni ham yaxshilash zarur. Ilm bo‘lmasa, oliy ma’lumot bo‘lmasa, ta’lim berilmasa va fundamental bilimlar ham bo‘lmaydi… Bu haqda chuqur o‘ylash kerak. Shuning uchun ham kelasi yilni pedagog va maktablar yili bo‘lishi lozimligi haqida gapirgandim. Agar tibbiyot va maktablardagi vaziyat o‘nglansa, hammasi bosqichma-bosqich iziga tushadi. Lekin maktab direktori, o‘qituvchi va ilmiy fanlarga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu bizning asosiy muammomiz”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident fundamental fanlar rivoji uchun ishlatilgan mablag‘ bir kun emas bir kun natija berishiga ishonch bildirgan.

“Biz uchinchi Renessans uchun poydevor qo‘yayapmiz. Maktablarda zarur sharoitlar yaratilsa, bilim olishda o‘zbek bolasidek mehnatkash va sabrlisi jahonning hech yerida yo‘q. Uyg‘onish davri baribir bo‘ladi, o‘shanda yangi Ulug‘beklar dunyoga keladi… Nima uchun shuncha mablag‘ni matematika, kimyo, biologiyaga sarflayapmiz? Ertaga ushbu fundamental ilmlar baribir natija ko‘rsatadi. Axir bir vaqtlar shunday bo‘lgandi-ku”, — deya Shavkat Mirziyoyev so‘zlarini keltiradi “Gazeta.uz”.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda geologiyaning rivojlanishi sabab bir yil ichida ilk bora 20 ta yangi kon ochib, 70 tonna oltin qazib olingani haqida ham gapirgan.

“O‘zbekistonda avval bir yil ichida 20 ta yangi kon topib, 70 tonna oltin qazib olinmagan. Geologiya yo‘q edi. Maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim o‘rtasida uzviy aloqa bo‘lganida, yoshlarni, xalqni ular bunga munosib ekaniga ishontira olganimizda ortiqcha hech qanday harakatga ehtiyoj qolmasdi”, — deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yil sentabr oyida Toshkentda prezident maktabining ochilishi munosabati bilan o‘quvchilarning ota-onalari, ilm-fan arboblari bilan o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida O‘zbekistonda uchinchi Renessans davri boshlanganini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют