» » Bayrutdagi portda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 190 nafarga yetdi

Bayrutdagi portda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 190 nafarga yetdi


Livan poytaxti Bayrutdagi dengiz portida yuz bergan portlash qurbonlarining soni 190 nafarga yetdi, hodisa oqibatida 6500 nafardan ziyod kishi turli tan jarohatlari olgan. Bu haqda Livan muvaqqat hukumati ma’lumotiga tayanib Reuters agentligi xabar qildi.

Bayrutdagi portda 4-avgust kuni kuchli portlash yuz bergan. Hodisa 2014-yilda Gruziyadan Mozambikka yuk olib ketayotgan rossiyalik tadbirkor Igor Grechunkinga tegishli kemadan musodara qilingan 2750 tonna og‘irlikdagi ammiak selitrasi yonishi oqibatida sodir bo‘lgan. Livan bosh vaziri Bayrutdagi mazkur portlashga uzoq yillar davom etgan korrupsiya holatlari sabab bo‘lganini aytgan.

Portlash oqibatida shaharning deyarli yarmi qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan, 300 ming nafarga yaqin odam uysiz qolgan. Bayrut shahri ma’muriyati favqulodda yuz bergan hodisa zarari 15 milliard AQSh dollaridan ziyod ekanini bildirgan va voqeaning xalqaro doirada taftish qilinishini rad etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют