» » Qozog‘iston hukumati COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berdi

Qozog‘iston hukumati COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qozog‘istonni COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 ta vaksina joy olgan.

Vaksinani yaratish ustida ish olib borilayotgan davlatlar ichida Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Belgiya, Shvetsiya, Singapur, Italiya, Avstraliya, Tayvan, Kuba, Fransiya, Avstriya va Kanada mavjud.

Qozog‘istonning faolsizlashtirilgan virusli vaksinasi klinik sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tmoqda.

Vaksina Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi 170-218 ta vaksina ishlab chiqilmoqda. JSST bu vaksinalar ichida AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilayotganlarini eng istiqbolli deb e’tirof qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-avgustda koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Rossiyaning N.Gamaleya nomidagi ilmiy markazi ishlab chiqqan ushbu vaksina klinik sinovlari yakunlanmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. JSST rasmiylari vaksinaning bunday tartibda, juda tez ro‘yxatdan o‘tkazilishiga shubha bilan qaragan va uni dunyoning boshqa mamlakatlariga tavsiya qilish uchun u haqida ko‘proq ma’lumot olish kerakligini qayd etgan.

Avval Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangani, Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют