» » “O‘zgidromet” O‘zbekistonda sentabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda sentabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi


O‘zbekistonda sentabrda, ayniqsa birinchi o‘n besh kunlikda ob-havo issiq va kam bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati xabar bergan.

Sentabr oyida ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi. Tungi harorat 15—20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 32—37 darajadan 25—30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi.

31-avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘lishi, lekin yog‘ingarchiliklar bo‘lmasligi kutilmoqda. Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 1—2 darajaga pasayib, 28—33 daraja atrofida bo‘ladi.

Sentabrning ilk kunlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat kechasi 15—20, kunduzi 30—35 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30—31-avgust va 1—2-sentabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют