» » Lukashenko yana bir bor qo‘lida avtomat bilan ko‘rinish berdi

Lukashenko yana bir bor qo‘lida avtomat bilan ko‘rinish berdi


Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoning matbuot kotibi “RIA Novosti”ning prezident hozir qayerda ekanligi to‘g‘risidagi savoliga uning suratini taqdim etdi.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan suratda Lukashenko yana bir bor zirhli kiyim va qo‘lida avtomat bilan Mustaqillik saroyi qarshisida ko‘rinish bergan. Taxminlarga ko‘ra, Belarus prezidenti “AKS-74U” qisqartirilgan avtomatini ko‘tarib olgan. Qurol modelini o‘qotar qurollar bo‘yicha rossiyalik ekspert Maksim Popenker oshkor etgan.

Popenkerning so‘zlariga ko‘ra, avtomatning ushbu modeli sobiq Sovet ittifoq davlatlarida juda ommalashgan. U bilan jangovar mashina va vertolyotlar o‘zini mudofaa qilish maqsadida qurollantirilgan. Bundan tashqari, maxsus xizmat xodimlari undan yaqin masofali janglarda foydalanadi.

Ma’lumot uchun, 30-avgust kuni Minskda “Tinchlik va mustaqillik marshi” nomi ostida norozilik namoyishlari boshlandi. Uning ishtirokchilari mamlakat prezidentining qarorgohi joylashgan Mustaqillik maydoniga qadar kelgan. Bino “OMON” otryadlari va ichki qo‘shin bo‘linmalari bilan qurshab olingan.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko o‘z xalqiga avtomatdan o‘q otmasligini aytdi

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko 23-avgust kuni ham norozilik namoyishi ishtirokchilari qarshisida qo‘lida avtomat bilan paydo bo‘lgandi. Zirhli nimcha kiyib olgan prezident vertolyotda Minskdagi norozilik namoyishlarini kuzatgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют