» » Shavkat Mirziyoyev vaqti kelib o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkazilishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev vaqti kelib o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkazilishini aytdi


O‘zbekistonda o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shu haqda aytib o‘tdi.

“So‘nggi to‘rt yilda mamlakatimizda 43 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning jami soni 121 taga yetdi. Bu yil oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bir yarim millionga yaqin yoshlarimiz hujjat topshirdi. Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 40 foiz ko‘p demakdir.

Bu ko‘rsatkichlar, avvalo, farzandlarimiz va ularning ota-onalari qalbidagi ertangi kunimizga, kelajakka bo‘lgan katta orzu-umid va ishonchdan darak beradi. Shu o‘g‘il-qizlarimiz yaqinda kirish imtihonlarini topshiradi. Kelinglar, bo‘lg‘usi sinovlarda hamma farzandlarimizga omad va zafarlar tilaylik!”, — dedi Prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o‘rin tutadigan bog‘chalar va maktablar tizimida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident maktablari, ixtisoslashgan va ijod maktablari barpo etish, “Zamonaviy maktab” dasturini joriy etish borasidagi ishlar ham uzluksiz davom ettirilmoqda.

“Yurtimizda Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi. Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda ‘Loyihalar fabrikasi’ ish boshladi. ‘Yoshlar – kelajagimiz’ davlat dasturi doirasida iqtidorli va tashabbuskor o‘g‘il-qizlarimizning 8 mingdan ziyod biznes loyihalariga qariyb 1,7 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi”, — dedi Prezident.

Shuningdek, o‘qituvchilarning oyligi vaqti soati kelib 1000 dollar ekvivalentiga yetkazilishini ta’kidladi. “Vaqti-soati keladi, o‘qituvchilar oyligini 1000 dollar ekvivalentiga yetkazamiz. Ta’limni, o‘qituvchini obro‘sini ko‘tarsak, maktab ostonasini ‘Siz’ desak, albatta, yillar o‘tib hozirgi 1-sinf o‘quvchisi ertaga Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy bo‘ladi. Men bunga ishonaman”, — deydi Shavkat Mirziyoyev va farzandlar iste’dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham bosh maqsad bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev barchaning poytaxtda yashashga haqi borligi, O‘zbekistonning birorta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligini, sentabr oyida ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlariga 426 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilishini aytgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xalq ta’limi vaziri: O‘qituvchining oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha to‘xtamaymiz



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют