» » “Morena Klara” efirga uzatilganiga 25 yil to‘ldi. Serial qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

“Morena Klara” efirga uzatilganiga 25 yil to‘ldi. Serial qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)


“Morena Klara” 1994-yilda Venesuelada suratga olingan melodrama janridagi serial bo‘lib, 1995-yilda ekran yuzini ko‘rdi. Tomoshabinlar e’tiborini tortgan serial voqealarga ko‘ra, bosh qahramon Klara Rosa Gusman ­Santa-Barbara-del-Suliyada yashovchi badavlat Emiliano Andara va daryoda oqib ketganligi uchun o‘lik deb taxmin qilingan Rozalindaning farzandi edi. Uning otasi bolani tan olishdan bosh tortadi va hatto uni ko‘rishni ham istamaydi. Klaraning kambag‘al xolasi uni ikki o‘g‘li bilan birgalikda tarbiyalaydi. Garchi qiz yaxshi hayot haqidagi orzular bilan yashagan bo‘lsa-da, oilaning moliyaviy ahvoli tufayli ko‘chada savdo-sotiq bilan tirikchilik qilishga majbur bo‘ladi.

Ayni paytda Emiliano Andara mamlakatning muhim kishisi edi, uning ashaddiy dushmani Lissandro Pradoga birinchi rafiqasi Monserrat turmushga chiqadi. O‘zi esa ikkinchi xotini Euxeniya bilan vafot etgan akasining ikki o‘g‘li Valentin va Fransiskoni tarbiya qiladi. Valentin esa Pradoning qizi Linda bilan uchrashib turadi.

To‘satdan shaharda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik to‘lqini Klara va Valentinning uchrashishiga sabab bo‘ladi. Va shu paytdan boshlab ularning hayotida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Chunki bu to‘qnashuvda paydo bo‘lgan muhabbat ikki yoshga ham bir qator hayajonli voqealarga yo‘l ochib bergan edi.

Venesuelaning eng muvaffaqiyatli teleseriallaridan biri O‘zbekistonda ham katta qiziqish bilan tomosha qilingan. Serialning bosh qahramonlari 25 yil ichida qanday o‘zgargani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Klara Rosa Gusman

Astrid Karolina Errera

Karolina Venesuelaning poytaxti Karakasda 1963-yil 23-iyunda tug‘ilgan. Aktrisaning ilk faoliyati 1984-yil “Venesuela go‘zali” tanlovida ishtirok etishdan boshlanadi. So‘ngra “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘ldi, ammo bu paytda u aktrisalik faoliyatini boshlash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Karolina faqatgina tanlovlarda ishtirok etishni yoqtirgan. Shundan so‘ng unga turli xil reklamalar, roliklar, moda va televideniyedan takliflar tushgan.

“Raqobat tufayli juda kam odam boshdan kechiradigan tajribalarni orttirdim. Menga butun dunyo toj kiydirgandi, shu bilan birga mas’uliyat, unvon egasi bajarishi kerak bo‘lgan vazifa ham yuklatilgandi. Men o‘zimni taqdir tanlab olgan inson kabi his qildim”, —­ deydi aktrisa.

Valentin Andara

Luis Xose Santander

Meksika va Venesulaning mashhur aktyori Luis Xose Santander 1960-yil Karakasda dunyoga kelgan. Avval oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketadi. Bir muddatdan so‘ng yana tug‘ilgan joyiga qaytib keladi. Aktyor bolaligidan juda ko‘p kasblarning egasi bo‘lishni orzu qilar edi. Dastlab biolog, keyinchalik shifokor bo‘lishni istagan va tibbiyot fakultetida ikkinchi kursgacha ta’lim olgan. Keyinchalik muhandislik yo‘nalishida o‘qiy boshlaydi. 1980-yildan teatrda o‘z faoliyatini boshlaydi va 1987-yildan film va serialda suratga tushgan. Uni dunyoga mashhur qilgan serial “Morena Klara” bo‘lib, bu uchun bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo‘lgan.

Andino

Alexandro Martinez

Serial qahramonlaridan biri Alexandro Martinez 1966-yil 22-dekabrda Kolumbiyaning Bogota shahrida tug‘ildi. 1991-yilda model Adriana Arboleda bilan turmush qurdi. Aktyor ijodi davomida 17 dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan.

Jennifer

Karolina Kristancho

Serialda Jennifer obrazida namoyon bo‘lgan Karolina Kristancho 1968-yil 17-dekbarda Venesuelaning Karakas shahrida dunyoga keldi. Aktrisa 10 yillik ijodi davomida 7 ta filmda ajoyib rollarni ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Karolina harbiy ma’lumotga ega aktrisa. U Ayakuchcho harbiy litseyida bakalavr bosqichini tamomlagan va harbiy muhandislar oliygohida 1 yil o‘qigan. Keyinchalik o‘zini aktyorlik kasbiga bag‘ishlaydi. 1990-yil bo‘lib o‘tgan “Venesuela go‘zali” tanlovida Karolina oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi.

Emiliano Andara

Xulio Manuel Garsia Bastida

Xulio ijodiy faoliyatini 17 yoshidan boshladi. Dastlab u teatr uchun ssenariylar yozdi, drama makatbini tugatgandan so‘ng aktyorlik faoliyatini boshladi. 1973-yilda Venesuelaga ko‘chib ketgan aktyor u yerda ham teatr va televideniyeda ishladi. Aktyor teatrda 50 dan va telenovella va kinolarda 20 dan ortiq rol ijro etdi.

Linda Prado

Gabriyela Spanik

Gabriyela Spanik 1973-yil 10-dekabrda Venesuelada tug‘ilgan. Uning Daniyela ismli egizak singlisidan tashqari bir akasi va singlisi bor. Spanikning buvisi va bososi Xorvatiyadan 1947-yil ko‘chib kelgan. Gabi aslida psixologiya bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lsa-da, hamisha rol o‘ynashga qiziqar edi. 1992-yil Gabi “Venesuela go‘zali” tanlovida “Xalqaro Venesuela go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Magdalen Valyan

Luli Bossa

Luli Bossa 1963-yil 14-mayda Kolumbiyada tug‘ilgan. Aktrisa kino olamiga 1989-yilda kirib keldi va ayni damda uning 27 dan ortiq rollari mavjud.

Lissandro Prado

Enri Galue

Asli kelib chiqishi irlandiyalik bo‘lgan Enri Galue “Morena Klara” serialida Lissandro Pradoning obrazini gavdalantirgan. Aktyor 1951-yil 9-fevralda Venesuelaning Marakaybo shahrida tavallud topgan.

Monserrat Prado

Yaxayra Orta

Yaxayra Orta serialda ajoyib obrazlardan birini ijro etgan. U ijodiy faoliyatini 17 yoshdan boshlagan. U umrining 51 yilini teatr, film va TVga va bag‘ishladi. Uning bir dona qizi bor va hozirda aktrisa diniy va voizlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют