» » Namanganda mashina o‘rindig‘i ostiga qariyb 200 mln so‘mlik quyma oltin yashirgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda mashina o‘rindig‘i ostiga qariyb 200 mln so‘mlik quyma oltin yashirgan shaxs qo‘lga olindi


Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan quyma oltin mahsulotlarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish holati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga departamentning viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

To‘raqo‘rg‘on—Namangan yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda mashina o‘rindig‘i tagidagi rezina to‘shama ostida yumaloq ko‘rinishdagi sariq rangli metall mavjudligi, ushbu metall Namangan shahrida yashovchi fuqaro Abror Nishonovga (ism-shariflar shartli) tegishli ekanligi aniqlandi. Tekshirish davomida ushbu rangli metall aslida quyma oltin ekanligi, u Samarqand viloyatida yashovchi Oxunjon ismli shaxsdan 140 million so‘mga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Nishonov belgilangan tartibda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, quyma oltinni o‘zining yashash xonadonida tashkil etilgan yashirin sexda qayta ishlab, zargarlik buyumlarini yasab sotish maqsadida xarid qilgan.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xulosasida tahlil uchun taqdim etilgan 1 dona umumiy vazni 286,37 gramm bo‘lgan sariq rangli qo‘lbola quymalar tarkibida 99,5 foiz oltin va 0,2 foiz kumush borligi, quyma oltin 999 probali ekani ko‘rsatilgan. Quyma oltinning umumiy qiymati 191 million 785 ming so‘mni tashkil qilgan.

Abror Nishonov va tergovga qadar shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan Oxunjon ismli shaxs tomonidan juda ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklari qonunga xilof ravishda o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qism “a” bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari sodir etilgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют