» » Jizzaxda 152 mln so‘mlik tibbiyot vositalari, Surxondaryoda esa 2,5 ming dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Jizzaxda 152 mln so‘mlik tibbiyot vositalari, Surxondaryoda esa 2,5 ming dona psixotrop tabletkalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 152 million so‘mlik tibbiyot vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Tezkor tadbirda fuqaro R.H. hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, umumiy qiymati 152 million so‘mlik virus blokatorlari va boshqa tibbiy vositalarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga chiqish uchun kirib kelgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda mashinadan psixotrop tabletkalar aniqlangan.

Avtotransport vositasida olib chiqishga ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 2500 dona “Fenazepam 1 mg” va “Baklosan 25 mg” nomli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Ushbu psixotrop tabletkalarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazishga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori talablari asosida maxsus ruxsatnoma bo‘lgan holdagina ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasini fosh etdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.T. noqonuniy tarzda 7 dona sellofan paket parchalariga o‘ralgan, o‘ziga xos, o‘tkir hidli, qovurilgan nasha giyohvandlik vositasini fuqaro K.A.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, fuqaro X.T. bir dona sellofan paket parchasiga o‘ralgan, qovurilgan nashani tadbir ishtirokchilariga taqdim qilgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.T.ning vaqtincha yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilganda xonadonda nasha barglari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida 195 gramm qovurilgan nasha va og‘irligi 10 grammni tashkil etuvchi kannabis o‘simligi barglari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют