» » Samarqandda 34 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Samarqandda 34 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi


Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari 34 million 240 ming so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yulduz” kafesi yonida joylashgan avtomashinalar tururgohida turgan fuqaro Yu.F. boshqaruvidagi Spark ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashinadan yo‘lovchi sifatida ketayotgan X.Sh.ga tegishli bo‘lgan poliyetilen paketlarga joylashtarilgan jami 34 million 240 ming so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur dori vositalari guvohlar ishtirokida qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olib qo‘yilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, viloyat bojxonachilari 2020-yil boshidan bugungi kunga qadar 9 ta holatda 112 million 287 ming so‘m, jami 7385 dona dori vositasining noqonuniy savdosini to‘xtatib qolgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют