» » Karantin sababli Hindiston iqtisodiyoti quladi

Karantin sababli Hindiston iqtisodiyoti quladi


Hindiston iqtisodiyoti 2020-yilning aprel—iyun oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan 23,9 foizga pasaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qurilish sohasida iqtisodiy faollik 50.3 foizga pasaygan, pasayish mehmonxona va transport sohalarida pasayish 47 foizni tashkil qilgan, ishlab chiqarishda esa 39,3 foizlik pasayish kuzatilgan. O‘sish faqat qishloq xo‘jaligida kuzatilgan bo‘lib, 3,4 foizni tashkil etgan.

Tahlilchilar ikkinchi chorakda Hindiston yalpi ichki mahsulotining 18,3 foizga qisqarishini kutgan. 2020-yilning yanvar—mart oylarida Hindiston yalpi ichki mahsuloti 3,1 foizga o‘sgan.

Hindiston iqtisodiyotida so‘nggi marta yillik pasayish 1980-yilda qayd etilgan va 5,2 foizni tashkil qilgan.

Hindiston koronavirus infeksiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar uchtaligiga kiradi.

Avvalroq Kanada iqtisodiyotida ikkinchi chorakda 38,7 foiz pasayish kuzatilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi Yevropa iqtisodiyotini 10-20 yil ortga surgani ma’lum qilindi. Turkiyada 2020-yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot 9,9 foizga pasaygan.

Mavzuga doir: Hindistonning sobiq prezidenti koronavirus oqibatida vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют