» » Xitoyda “kemtik” osmono‘par bino qurildi (foto)

Xitoyda “kemtik” osmono‘par bino qurildi (foto)


Xitoyning janubi-sharqida joylashgan Shenchjen shahrida Prince Plaza nomli noodatiy osmono‘par bino qurildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Binoda uchta “osmon palubasi” mavjud. Ular devorlarning ichkari qismidagi tomosha maydonlari hisoblanadi. Loyiha mualliflari niderlandiyalik arxitektorlar Devid Janottena va Bauki Albadi hisoblanadi.

Janottenaning so‘zlariga ko‘ra, “palubalar” binoning monolit fasadini buzayotgandek ko‘rinadi. Maydonlar jamoat joylari hisoblanadi va u yerda har kim manzaralardan rohatlanishi mumkin.

Bino markaziy sterjen atrofida joylashgan to‘rtta sterjendan iborat majmua hisoblanadi.

Avvalroq Xitoyning Chunsin shahridagi Raffles City Chongqing osmono‘par binolar majmuasida Crystal nomli “gorizontal osmono‘par” bino foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 08:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют