» » Andijonda harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi

Andijonda harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi


O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida Andijon shahrida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida qurilgan ikki va uch xonali 90 xonadondan iborat 3 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Andijon viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shuhrat Abdurahmonov, Mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Alisher Norboyev, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov ishtirok etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, loyiha qiymati 12 milliard 240 million so‘m bo‘lgan ushbu zamonaviy uylar Andijon shahridagi “Radius-servis”, “Samandar shijoat”, “Andijon qishloq qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan qisqa muddatda qurib bitkazilgan.

Yangi uylarning keng va yorug‘ xonadonlarida yashovchilar uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, alohida isitish tizimi, uylar oldida bolalar maydonchasi barpo etilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda harbiy shaharcha barpo etilib, DXX chegara qo‘shinlarida xizmat qiluvchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют