» » Toshkentda harbiy xizmatchilar uchun mingga yaqin yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi

Toshkentda harbiy xizmatchilar uchun mingga yaqin yangi xonadonlar foydalanishga topshirildi


11-yanvar kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Olmos” mahallasida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida 904 ta xonadondan iborat 31 ta uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uy kalitlarini o‘z egalariga topshirish marosimida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov, tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, yangi xonadonga ko‘chib o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni qutladilar.

Ta’kidlash kerakki, 2018-yilda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun aynan shu mahallada 18 ta uyda joylashgan 540 ta xonadon imtiyozli ipoteka kreditlari asosida topshirilgan edi. Joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 15:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют