» » Turkiya iqtisodiyoti pandemiya sababli rekord darajada pasaydi

Turkiya iqtisodiyoti pandemiya sababli rekord darajada pasaydi


Turkiyada 2020-yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot 9,9 foizga pasaydi. Bu 1998-yildan beri qayd etilgan rekord darajadagi pasayish hisoblanadi. Bu haqda Turkiya statistika instituti ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning aprel—iyun oylarida koronavirus pandemiyasi fonida Turkiya YaIM 9,9 foizga pasaygan.

“Ikkinchi chorakda dunyoning ko‘plab davlatlari iqtisodiyotining qisqarishiga olib kelgan so‘nggi yuz yillikdagi eng talafotkor pandemiyaning oqibatlarini o‘zimizda sezishimizni bilardik”, — deya ma’lum qilgan Turkiya moliya vaziri Berat Albayrak.

Qayd etilishicha, iqtisodchilarning ikkinchi chorakda iqtisodiy rivojlanishning pasayishi bo‘yicha prognozlari 7-15 foizni tashkil qilgandi. Pandemiya boshlanguniga qadar Turkiya iqtisodiyoti 2020-yilda 5 foizga o‘sishi kutilayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Goldman Sachs va Morgan Stanley investitsiya banklari dunyoda global inqiroz boshlanganini e’lon qilgandi. 2020-yilning 2-choragida Kanada yalpi ichki mahsuloti rekord darajada — 38,7 foizga qisqardi. Koronavirus pandemiyasi Yevropa iqtisodiyotini 10-20 yil ortga surgani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют