» » “Manchester Siti” Lionel Messining taqdimot marosimiga tayyorlanmoqda

“Manchester Siti” Lionel Messining taqdimot marosimiga tayyorlanmoqda


“Manchester Siti” klubi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi transferini amalga oshirish borasida o‘z harakatlarini davom ettirmoqda.

Jurnalist Marselo Bexlerning xabar qilishicha, “Manchester Siti” argentinalik futbolchining taqdimot marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Shaharliklar” yirik kompaniyalardan biriga Messi haqida videolavha tayyorlash uchun o‘yinchi ijrosidagi eski kadrlarni buyurtma bergan.

Messi “Barselona”dan ketishga jiddiy kirishgan. Futbolchining jamoaning mavsumoldi yig‘iniga bormagan va La Liga startini o‘tkazib yuborishi haqida klubni ogohlantirgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq “Manchester Siti” Lionel Messi uchun asosiy da’vogar ekani xabar qilingandi. Shuningdek Messining o‘zi ham kelajagini “shaharliklar” bilan qurmoqchi.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют