» » “Yuventus” Messining otasi bilan aloqaga chiqdi. Turinliklar Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rmoqchi

“Yuventus” Messining otasi bilan aloqaga chiqdi. Turinliklar Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rmoqchi


“Yuventus” “Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi bilan aloqaga chiqib, uning rejalari bilan qiziqqan, deya xabar beradi France Football.

Ta’kidlanishicha, Turin klubidagilar hujumda Ronaldu va Messi juftligini ko‘rishni orzu qilmoqda.

Avvalroq hujumchining otasi Xorxe Messi PSJ sport direktori Leonardoga o‘g‘lining “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi ekanligini aytgandi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ingliz klubi argentinalikning boshqa jamoalar takliflarini rad etishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, “Manchester Siti” “Barselona”ga Messining transferi borasida moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaydigan taklif tayyorlamoqda, “shaharliklar” argentinalik futbolchi uchun 100 million yevro va uch nafar futbolchisi: Gabriel Jezus, Bernardu Silva va Erik Garsiyani berishga tayyor.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

Gollar to‘plami:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют