» » Martin Breytueyt: “Messining raqamini olishni so‘ramaganman”

Martin Breytueyt: “Messining raqamini olishni so‘ramaganman”


“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi jamoani tark etgan taqdirda uning raqamini olmoqchiligi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi.

Odamlar nima deb o‘ylamoqda? Men klubdan Messining raqamini so‘ramaganman. Bu hurmatsizlik bo‘lardi. Menimcha, bunday bo‘lmag‘ur gaplarni o‘ylab topadiganlar hech kimni hurmat qilmaydi.

Messi haqida ko‘p yozilmoqda, lekin men nima bo‘layotganini aniq bilmayman. Faqatgina uning ajoyib o‘yinchi va jamoadosh ekanligini ayta olaman. U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Agar u ketsa, albatta, bu klub uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi.

Martin Breytueyt, “Barselona” futbolchisi

Avvalroq agar Messi klubni tark etsa, Breytueyt 10-raqamni olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 2019/20-yilgi mavsumda Breytueyt La Ligada 11 uchrashuv o‘tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют