» » Messi “Barselona”dan ketmasidan 10-raqamga da’vogar paydo bo‘ldi

Messi “Barselona”dan ketmasidan 10-raqamga da’vogar paydo bo‘ldi


“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi jamoani tark etsa, o‘z raqamini o‘zgartirishi mumkin.

20 Minutos nashri xabariga ko‘ra, Messi “Barselona”ni tark etsa, daniyalik futbolchi 10-raqamni olishni xohlamoqda.

Breytueyt qishda klubga o‘tganida u rahbariyat bilan ushbu masalani muhokama qilgan va Messi ketganidan keyin yoki u faoliyatini yakunlagan taqdirda ushbu raqam ostida o‘ynashni istashini bildirgan.

E’tiborga molik jihati shundaki, Breytueytning ham jamoadagi kelajagi hamon noaniq bo‘lib qolmoqda. Bosh murabbiy Ronald Kuman unga mashg‘ulotlardagi harakatlariga baho berib, keyinchalik uning klubda qolish, qolmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda hujumchi La Ligada 11 uchrashuv o‘tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют